CRM va ERP tizimlarini ishlab chiqish
CRM mijozlar bilan ishlashni tartiblaydi, ERP esa korxonaning savdo, ombor va ishlab chiqarish jarayonlarini bog'laydi. Sizga zarur modullarni aniqlab, xodimlar kundalik ishida foydalanadigan boshqaruv tizimini ishlab chiqamiz.
Kimlar uchun
Buyurtmalar turli jadvallarda yuritiladigan, bo'limlar o'rtasida ma'lumot almashish qiyin bo'lgan savdo va ishlab chiqarish korxonalari uchun.
Nimalarni amalga oshiramiz
Mijozlar va buyurtmalar
Murojaatlar, mijoz tarixi, mas'ul xodim va buyurtma holatini yagona bazada yuritish imkoniyatini loyihalaymiz.
Ombor va jarayonlar
Mahsulot harakati, qoldiq va ishlab chiqarish bosqichlarini biznesingizdagi haqiqiy ish tartibiga moslaymiz.
Hisobot va integratsiya
Rahbar va xodimlar uchun rollar hamda hisobotlarni belgilaymiz. Mavjud tizimlardan ma'lumot ko'chirish va API ulanishlarini tekshiramiz.
Loyihalardan misollar
Ishlab chiqarish ERP va ombor tizimi
Ishlab chiqarish korxonalari uchun buyurtma, xomashyo, ombor, ishlab chiqarish va moliyaviy hisobotlarni birlashtiruvchi ERP tizimi.
Do'kon uchun kassa dasturi va POS tizimi
Do'konlar uchun savdo, ombor, xodimlar va hisobotlarni boshqaruvchi onlayn kassa va POS dasturi. Virtual Kassa loyihasi bilan tanishing.
Nimadan boshlaymiz
Amaldagi jadvallar, buyurtma bosqichlari, xodimlar rollari va mavjud dasturlar ro'yxati tahlil uchun kerak bo'ladi. Avval zarur modullarni kelishib, bosqichma-bosqich joriy qilish rejasini tuzamiz.
Bog'lanish →