
Intellekt Servis haqida
Bizneslar va tashkilotlar uchun zamonaviy IT yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan texnologik kompaniya. Kompaniya 1998-yildan buyon faoliyat yuritib, korporativ tizimlar, web platformalar, dasturiy ta'minotlar va raqamli mahsulotlarni yaratish yo'nalishida ko'p yillik tajribaga ega.
Kompaniya faoliyati davomida 100 dan ortiq tashkilot va kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, turli sohalar uchun samarali va ishonchli IT yechimlarni taqdim etib kelmoqda. Intellekt Servis biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqaruvni soddalashtirish va raqamli transformatsiyani tezlashtirish orqali mijozlar samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Intellekt Servisning asosiy maqsadi — bizneslar uchun innovatsion, xavfsiz va qulay raqamli ekotizim yaratish. Professional jamoa, katta tajriba va zamonaviy yondashuv orqali kompaniya mijozlarga uzoq muddatli va ishonchli texnologik hamkor sifatida xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Bizning ishimiz haqida ko'proq ma'lumotni showreelda topishingiz mumkin

Bizni ajratib turadigan qadriyatlar
Innovatsion yondashuv
Zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion va samarali yechimlar yaratamiz.
Sifat va ishonchlilik
Har bir loyiha yuqori standartlar va ishonchli texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi.
Professional jamoa
Tajribali mutaxassislar bilan biznesingiz uchun kuchli IT yechimlarni ishlab chiqamiz.
Doimiy qo'llab-quvvatlash
Loyihalardan keyin ham texnik yordam va doimiy support xizmatlarini taqdim etamiz.
Asosiy tamoyilimiz
Missiya
Bizneslar uchun zamonaviy va samarali IT yechimlar yaratib, ularning raqamli rivojlanishini tezlashtirish.
Vision
Markaziy Osiyoda eng ishonchli va innovatsion texnologik kompaniyaga aylanish.
Qadriyat
Har bir qarorimizda odamlar, sifat va uzoq muddatli hamkorlik har doim birinchi o'rinda turadi.
Kampanya tarixi
Kompaniya tashkil topdi
Kichik jamoa bilan IT sohasida faoliyat boshlanib, dastlabki loyihalar ustida ishlar yo'lga qo'yildi.
Birinchi yirik loyiha
Davlat va biznes sektori uchun raqamli yechimlar ishlab chiqilib, ilk yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Jamoa kengayishi
Mutaxassislar soni oshib, yangi yo'nalishlar va zamonaviy texnologiyalar joriy etila boshlandi.
Yangi texnologiyalar davri
Mobil ilovalar va bulutli tizimlar yo'nalishida yangi texnologiyalarni o'zlashtirgan holda faol rivojlanish boshlandi.
Bozor kengayishi
Mahalliy bozordan tashqari, xalqaro loyihalarda ham ishtirok etish boshlandi.
Raqamli transformatsiya
Kompaniya AI, ERP va kompleks IT tizimlarga yo'naltirilgan katta yechimlarni ishlab chiqishni boshladi.
Yetakchi pozitsiya sari
Innovatsion texnologiyalar va yuqori sifat standartlari asosida mintaqada kuchli IT kompaniyaga aylanish jarayoni davom etmoqda.
Ayni paytda kompaniyada 40 dan ortiq xodim ishlaydi
#FRONT-END (VUE3)
#BACK-END (PYTHON)
#BACK-END (PHP)
#MOBIL DASTURCHI
#UX/UI DIZAYNER
#LOYIHA MENEJERI
#DEVOPS MUHANDISI
#QA MUHANDISI
#1C DASTURCHI
#CRM INTEGRATORI
#KONTENT MENEJERI
#BILLING MUTAXASSISI
#TEXNIK SUPPORT
#DB MUHANDISI
Biz ishlatadigan texnologiyalar














Salomatlik
Intellekt Servis har bir xodimining sog'lig'ini kompaniyaning asosiy boyligi deb biladi. Yil davomida xodimlar uchun muntazam tibbiy ko'riklar tashkil etiladi va malakali shifokor tomonidan individual tavsiyalar beriladi.
Barcha xodimlarning sog'liq holati doimiy nazorat ostida bo'lib, muammo aniqlanganda tezkor yordam ko'rsatish ta'minlanadi. Sog'lom xodim — samarali jamoa.
Intellekt Servis qadriyatlari
Intellekt Servis — bu shunchaki dasturiy ta'minot kompaniyasi emas, balki o'z qadriyatlariga sodiq, natijaga yo'naltirilgan jamoa. Biz har bir loyihaga mas'uliyat va professional yondashuv bilan kirishamiz.
Kompaniyamiz klassik IT kompaniyalardan farq qiladi: bizga daromad emas, sifat va foydalanuvchi tajribasi muhimdir. Biz veb-tizimlar, mobil ilovalar, billing va CRM yechimlari orqali mijozlarimiz biznesini raqamlashtirish yo'lida ishlaymiz.
Mijozlarimiz biz uchun shunchaki buyurtmachi emas — uzoq muddatli hamkorlar. Har bir loyihada belgilangan muddatlar, aniq texnik talablar va sifat nazorati birinchi o'rinda turadi.
Korporativ kodeks
Intellekt Servis jamoasida har bir xodim kompaniya qadriyatlarini o'zida mujassam etadi. Korporativ kodeks — bu qoidalar to'plami emas, balki jamoaviy madaniyatning asosi.
Har bir xodim, lavozimidan qat'i nazar, hamkasblariga hurmat, ochiqlik va halollik bilan munosabatda bo'lishi talab etiladi. Kompaniya resurslari va maxfiy ma'lumotlar faqat ish maqsadlarida ishlatiladi.
Yuqori malakali xodimlar o'z tajribasini yosh hamkaslarga o'rgatish va ularni rivojlantirishga yordam beradi — bu bizning ichki madaniyatimizning ajralmas qismi.