Baraka Glass

Baraka Glass — shisha ishlab chiqarish korxonasi uchun yaratilgan to'liq ERP tizimi. Buyurtmalar, kesish, ramkalash, ombor va moliya bitta platformada birlashtiriladi.

Baraka Glass

Mijoz

Baraka Glass

Davomiyligi

5 oy

Platforma

Web platforma

UMUMIY MA'LUMOT

Baraka Glass Premium Glass Solutions shisha ishlab chiqarish va montaj korxonasi uchun yaratilgan to'liq ERP tizimi. Loyiha buyurtma qabul qilinishidan tortib kesish, ramkalash, omborxona va moliyaviy hisob-kitobgacha bo'lgan butun ishlab chiqarish zanjirini yagona platformada birlashtiradi. Mijozlar bazasi, xodimlar va yetkazib berish jarayoni ham shu tizim ichida boshqariladi, rahbariyat esa kunlik daromad va ishlab chiqarish holatini bitta boshqaruv panelidan kuzatadi.

1928

Jami buyurtmalar soni

4117

Tayyor bo'lgan mahsulot

778K+

Kunlik o'rtacha daromad

99%

O'z vaqtida yetkazib berish

MAQSADLAR

Nimaga erishmoqchi edik

Buyurtmalarni qog'oz ro'yxatlar o'rniga tizimda yuritish

Kesish va ramkalash bosqichlarini alohida nazorat qilish

Ombordagi oyna va profil qoldig'ini aniq bilish

Kunlik daromad va to'lovlarni avtomatik hisoblash

Mijozlar balansi va buyurtma tarixini bir joyda saqlash

Hisobot tayyorlash vaqtini soatlardan daqiqalarga tushirish

MUAMMO

Ilgari Baraka Glass buyurtmalarni qog'ozda yuritardi devordagi qog'oz varaqda "Bugungi zakazlar" ro'yxati yozilar, narxlar eski jildlarda saqlanardi. Mijozlar ma'lumotlari turli daftarlarga tarqalib ketgan, omborda qancha oyna qolganini aniq bilib bo'lmasdi. Qo'lda hisob-kitob yuritish xatoliklarga olib kelar, hisobot tayyorlash esa har safar soatlab vaqt talab qilardi buyurtmalar tez-tez adashib qolardi.

YECHIM

Baraka Glass ERP barcha ishlab chiqarish jarayonlarini yagona raqamli platformaga birlashtirdi. Endi buyurtma qabul qilinishi bilan uning kesish, ramkalash va yetkazib berish bosqichlari real vaqtda kuzatiladi, omordagi har bir oyna varag'ining qoldig'i aniq ko'rinadi. Moliyaviy hisob-kitob avtomatik yuritiladi, mijozlar bazasi esa balans va buyurtmalar tarixi bilan birga saqlanadi qog'ozdagi tartibsizlik o'rnini bitta aniq tizim egalladi.

JARAYON

Loyihani qanday yetkazdik

IMKONIYATLAR

Asosiy imkoniyatlar

01

Boshqaruv paneli tizimi

Kunlik holatni bitta ekranda ko'ring

Bosh sahifada bugungi buyurtmalar soni, kunlik daromad, ombor ogohlantirishlari va faol xodimlar soni bir vaqtning o'zida ko'rinadi. Pastda ishlab chiqarish holati — kesishda, ishlov berishda, ramkalashda va tayyor mahsulotlar — hamda so'nggi 7 kunlik sotuvlar grafigi chiqadi.

Bugungi buyurtmalar va kunlik daromad

Ombor ogohlantirishlari bir joyda

Kesish, ramkalash va tayyor holat statistikasi

So'nggi 7 kun sotuvlari grafigi

Faol xodimlar soni ham ko'rinadi

Boshqaruv paneli tizimi
02
Faoliyat va qarzdorlik monitoringi

Faoliyat va qarzdorlik monitoringi

Eng katta qarzdorlarni bir zumda ko'ring

Panelda eng ko'p qarzi bor mijozlar ismi, telefoni va qarz summasi bilan ro'yxatlanadi, ombor ogohlantirishlari alohida ustunda chiqadi. O'ng tomonda esa so'nggi to'lov va buyurtma holatlari — tasdiqlash, yetkazish — vaqti bilan birga jonli lentada ko'rsatiladi.

Eng katta qarzdorlar ro'yxati summasi bilan

Ombor ogohlantirishlari alohida ustunda

So'nggi faoliyat vaqt tartibida

Buyurtma holati o'zgarishi darhol ko'rinadi

To'lov va yetkazish hodisalari birga

03

Buyurtmalar boshqaruvi

Har bir buyurtmani boshidan oxirigacha kuzating

Barcha buyurtmalar raqami, mijozi, holati, summasi va sanasi bilan jadvalda saqlanadi. Buyurtma raqami yoki mijoz ismi bo'yicha qidirish, holat va sana oralig'i bo'yicha filtrlash hamda bir tugma bilan yangi buyurtma yaratish imkoni mavjud.

Buyurtma raqami va mijoz bo'yicha qidiruv

Holat va sana oralig'i bo'yicha filtr

Har bir buyurtma summasi va sanasi

Bir tugma bilan yangi buyurtma yaratish

Jami buyurtmalar soni yuqorida ko'rinadi

Buyurtmalar boshqaruvi
04
Kesish moduli va xaritasi

Kesish moduli va xaritasi

Oyna varag'ini bosqichma-bosqich rejalashtiring

Kesish kartasi yaratish uch bosqichda amalga oshiriladi — parametrlar, buyurtmalar va tasdiqlash. Oyna turi, qalinligi, varaq eni-bo'yi, kesish yo'li va chetdan oraliq kiritilgach, tizim ishlatilgan varaqlar sonini va chiqindi foizini avtomatik hisoblaydi.

Uch bosqichli kesish kartasi yaratish

Oyna turi va qalinligini tanlash

Varaq o'lchami va kesish yo'lini kiritish

Ishlatilgan varaqlar soni avtomatik

O'rtacha foydalanish va chiqindi foizi

05

Ramkalash moduli

Ramka yig'ish navbatini tartibga soling

Modul ramkalashdagi, navbatdagi va yakunlangan buyurtmalar sonini alohida ko'rsatadi. Har bir ramkalash buyurtmasi tanlanganda unga kerakli BOM va materiallar ro'yxati avtomatik chiqadi, shu bilan yig'uvchi xodim kerakli profil va aksessuarlarni oldindan biladi.

Ramkalashda, navbatda va yakunlangan sonlar

Har bir buyurtma uchun BOM ro'yxati

Kerakli materiallar avtomatik chiqadi

Ramkalash buyurtmalari alohida ro'yxatda

Yig'ish jarayoni bosqichma-bosqich

Ramkalash moduli
06
Omborxona boshqaruvi

Omborxona boshqaruvi

Har bir mahsulot qoldig'ini aniq bilib turing

Barcha materiallar — oyna, profil, abraziv disk, qadoqlash materiallari — nomi, kategoriyasi, joriy va minimal zahirasi, birligi va narxi bilan jadvalda saqlanadi. Kirim va chiqim tugmalari orqali zahira bir zumda yangilanadi, mahsulot nomi bo'yicha tezkor qidiruv mavjud.

Barcha materiallar bitta ro'yxatda

Joriy va minimal zahira bir qatorda

Kirim va chiqimni bir tugma bilan qayd etish

Kategoriya bo'yicha filtrlash imkoni

Mahsulot nomi bo'yicha tezkor qidiruv

07

Moliya va hisob-kitob

Daromad, qarz va to'lovlarni bir joyda ko'ring

Bo'lim jami daromad, jami to'lovlar, debitorlik va kreditorlik summalarini alohida kartalarda ko'rsatadi. Pastda so'nggi to'lovlar mijoz, buyurtma, summa, to'lov turi va holati bilan jadvalda chiqadi, fakturalar va yetkazib beruvchilar alohida bo'limda boshqariladi.

Jami daromad va to'lovlar bir qarashda

Debitorlik va kreditorlik summalari

So'nggi to'lovlar mijoz bo'yicha jadvalda

Fakturalar alohida bo'limda saqlanadi

Yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob

Moliya va hisob-kitob
08
Mijozlar bazasi

Mijozlar bazasi

Har bir mijozni balansi bilan birga ko'ring

Barcha mijozlar F.I.O yoki nomi, telefoni, kategoriyasi (doimiy yoki bir martalik), joriy balansi va buyurtmalar soni bilan jadvalda saqlanadi. F.I.O yoki telefon raqami bo'yicha tezkor qidiruv, mijoz kategoriyasini belgilash imkoni mavjud.

F.I.O va telefon bo'yicha tezkor qidiruv

Doimiy va bir martalik mijozlar ajratiladi

Har bir mijozning joriy balansi ko'rinadi

Mijoz bo'yicha buyurtmalar soni

Yangi mijoz qo'shish bir tugmada

09

Yangi mijoz qo'shish

Mijozni bir necha maydonda ro'yxatga oling

Yangi mijoz oynasida F.I.O, telefon raqami majburiy maydon sifatida kiritiladi, so'ngra kategoriya va mijoz turi — jismoniy yoki yuridik — tanlanadi. Yuridik shaxslar uchun kompaniya nomi va manzil ham qo'shimcha kiritiladi.

F.I.O va telefon majburiy maydonlar

Kategoriya: doimiy yoki bir martalik

Jismoniy yoki yuridik shaxs tanlash

Kompaniya nomi va manzil maydonlari

Saqlash zahoti ro'yxatda ko'rinadi

Yangi mijoz qo'shish
OLDIN / KEYIN

O'zgarishlarni solishtiring

KeyinOldin

Before

After

GALEREYA

Vizual izlanishlar

Baraka Glass