DASTURIY TA'MINOT
Biznes uchun individual dastur ishlab chiqish
Intellekt Servis dasturlash xizmatlari orqali kompaniyangiz jarayonlariga mos veb, desktop va korporativ dasturiy yechimlarni tahlildan ishga tushirishgacha ishlab chiqadi. Tayyor mahsulot biznesingizga mos kelmasa, rollar, hisobotlar, integratsiyalar va boshqaruv modullaridan iborat individual tizim yaratamiz.
Loyihani muhokama qilish →Qachon individual dastur kerak bo'ladi?
- Excel va messenjerlarda tarqalib ketgan ma'lumotlarni birlashtirish kerak bo'lsa
- Xodimlar, buyurtmalar, moliya yoki omborni yagona tizimda boshqarish zarur bo'lsa
- Mavjud dastur biznes jarayonlaringizga mos kelmasa
- Davlat, to'lov, 1C yoki boshqa tashqi tizimlar bilan integratsiya kerak bo'lsa
Nimalarni ishlab chiqamiz
- CRM va ERP tizimlari
- Korporativ veb-platformalar
- Admin panel va shaxsiy kabinetlar
- Ombor, savdo va ishlab chiqarish dasturlari
- Hisobot va analitika modullari
- API va tashqi servis integratsiyalari
Ish jarayoni
- 01
Biznes tahlili
- 02
Texnik topshiriq va prototip
- 03
Dizayn va dasturlash
- 04
Test, joriy qilish va qo'llab-quvvatlash
Tegishli loyihalar
Ko'p so'raladigan savollar
Individual dastur qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Murakkablikka qarab MVP odatda bir necha haftadan boshlanadi; to'liq muddat tahlil va texnik topshiriqdan keyin belgilanadi.
Mavjud tizim bilan integratsiya qilasizlarmi?
Ha. API mavjud bo'lsa 1C, to'lov, SMS, Telegram va boshqa servislar bilan integratsiya qilamiz.
Ishga tushgandan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?
Ha. Monitoring, xatolarni tuzatish va keyingi rivojlantirish uchun texnik qo'llab-quvvatlash taklif qilamiz.
Biznes uchun individual dastur ishlab chiqish
Biznes va tashkilotlar uchun individual dasturiy ta'minot, boshqaruv tizimi, admin panel va korporativ platformalar ishlab chiqamiz.
Loyihani muhokama qilish →