WaterControl
Suv ta'minoti korxonalari uchun yaratilgan keng qamrovli boshqaruv platformasi. Tizim abonentlar, filiallar va hisobotlarni yagona muhitda tezkor boshqarish imkonini beradi.

Mijoz
WaterControl
Davomiyligi
6 oy
Platforma
Web platforma
WaterControl — suv ta'minoti tashkilotlari uchun yaratilgan keng qamrovli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi. Platforma viloyat va tuman filiallarini, minglab abonentlarni, to'lovlarni va hisobotlarni yagona tizimda boshqarish imkonini beradi. Inspektorlar abonent ma'lumotlarini real vaqtda yangilaydi, moliya bo'limi to'lov va qarzdorliklarni kuzatadi, administrator esa foydalanuvchi huquqlarini to'liq nazorat qiladi.
92,375
Nazorat qilinadigan xonadonlar
1,031
Faol kontragentlar
17+
Filial va bo'linmalar
11
Hisobot turlari
Nimaga erishmoqchi edik
Barcha filiallarni yagona tizimda birlashtirish
Minglab abonentni bitta bazada boshqarish
To'lov va qarzdorlikni real vaqtda kuzatish
Foydalanuvchi huquqlarini markazlashgan nazorat qilish
O'nlab hisobot turini bir necha soniyada shakllantirish
Hududlar bo'yicha statistikani vizual taqqoslash
Suv ta'minoti tashkilotlari o'nlab filial va minglab abonentni turli jadval va qog'oz hujjatlar orqali alohida-alohida boshqarardi. To'lov va qarzdorlik ma'lumotlari kechikib yetib kelardi, hisobotlarni tayyorlash kunlab vaqt olardi. Foydalanuvchi huquqlarini nazorat qilish deyarli imkonsiz edi.
Intellekt Servis jamoasi loyihani suv xo'jaligi tashkilotlarining murakkab tuzilmasi va ish jarayonlarini chuqur o'rganishdan boshladi. Yuzlab filial, minglab abonent va turli rol egalarining ehtiyojlari alohida tahlil qilindi. Natijada har bir bo'lim — ma'lumotlar bazasi, hisobotlar va administrator interfeysi — o'z vazifasiga mos, qulay va tezkor tarzda ishlab chiqildi.
Loyihani qanday yetkazdik
Asosiy imkoniyatlar
Filiallar va bo'linmalar boshqaruvi
Barcha bo'linmalarni bitta ro'yxatda ko'ring
Administrator har bir suv ta'minoti tashkilotining barcha filiallari va bo'linmalarini yagona ro'yxatda ko'radi. Yangi filial qo'shish, mavjudini tahrirlash va ruxsatlarini belgilash bir sahifadan amalga oshiriladi, eski va yangi tuzilma alohida ko'rsatiladi.
Barcha filiallar bitta ro'yxatda
Yangi filial qo'shish va tahrirlash
Har bir filial uchun ruxsat belgilash
Eski va yangi tuzilmani solishtirish
Tashkilot bo'yicha tezkor almashtirish


Hududiy boshqaruv paneli
Viloyat va tuman kesimida statistika
Bosh sahifada barcha viloyat va tuman filiallari bo'yicha umumiy statistika bir jadvalda ko'rsatiladi. Har bir filial uchun jami xonadonlar, o'rnatilgan va o'rnatilmagan hisoblagichlar soni darhol ko'rinadi, ma'lumotlar oyma-oy yangilanadi.
Viloyat va tuman kesimida statistika
Jami xonadonlar soni bir joyda
O'rnatilgan va o'rnatilmagan hisoblagichlar
Oylik hisobot avtomatik yangilanadi
Filial bo'yicha tezkor filtrlash
Abonentlar bazasi
1000dan ortiq kontragentni bir joyda boshqaring
Har bir abonent nomi, litsevoy hisob raqami, STIR, holati va manzili bilan yagona bazada saqlanadi. Administrator yangi abonent qo'shishi, mavjudini tahrirlashi, obyekt va subabonentlarni ko'rishi mumkin, qidiruv va sahifalash tezkor ishlaydi.
Mingdan ortiq abonent bitta bazada
STIR va litsevoy hisob bo'yicha qidiruv
Yangi abonent qo'shish va tahrirlash
Obyekt va subabonentlarni ko'rish
Holat va integratsiya statusi rangli belgi bilan


Foydalanuvchilar va huquqlarni boshqarish
Har bir xodim uchun aniq rol belgilang
Administrator barcha xodimlarni bo'lim bo'yicha guruhlab, har birining operator, kirish va tashrif holatini bitta umumiy jadvalda kuzatib boradi. Rolga qarab huquqlar aniq belgilanadi, kirish statusi esa bir tugma bilan ochiladi yoki yopiladi.
Xodimlar bo'lim bo'yicha guruhlangan
Operator va kirish holatini kuzatish
Rolga qarab huquqlarni belgilash
Kirish statusini bir tugma bilan boshqarish
Onlayn tashrif holati real vaqtda
Abonentlar bo'yicha hisobot
Kerakli abonentlarni bir necha soniyada toping
Foydalanuvchi litsevoy hisob, sana, filial, mahalla, ko'cha va inspektor bo'yicha filtr o'rnatib, kerakli abonentlar hisobotini bir necha soniyada shakllantiradi. Hisoblagichi bor yoki yo'q abonentlarni alohida ajratish imkoni ham mavjud.
Litsevoy hisob va sana bo'yicha filtr
Mahalla, ko'cha va uy bo'yicha qidiruv
Inspektor va kategoriya bo'yicha saralash
Hisoblagichi bor yoki yo'q abonentlar
Bir tugma bilan hisobotni shakllantirish


To'lovlar bo'yicha hisobot
Hisoblangan va undirilgan summani solishtiring
Tizim suv ta'minoti va oqova xizmatlari uchun hisoblangan va undirilgan to'lovlar bo'yicha batafsil hisobot avtomatik tuzadi. Qarzdorlik oralig'i, filial va inspektor bo'yicha filtrlab, aniq davr uchun to'liq natija olish mumkin.
Hisoblangan va undirilgan to'lovlar hisoboti
Qarzdorlik oralig'i bo'yicha filtr
Filial va inspektor bo'yicha saralash
Ko'p qavatli va xususiy uylar ajratilgan
Natijani HTML formatida shakllantirish
Kengaytirilgan hisobot shakllari
O'n birdan ortiq tayyor shabloningizni tanlang
O'n birdan ortiq tayyor hisobot shakli — texnik topshiriqqa ilovalardan tortib inventarizatsiya shakligacha — bitta bo'limda joylashgan. Har bir shakl o'z filtrlari bilan alohida ochiladi va zudlik bilan hisobot tayyorlaydi.
O'n birdan ortiq tayyor hisobot shakli
Har bir shakl uchun alohida filtrlar
Shakllantirilgan hisobot va temir daftar
Inventarizatsiya shaklini alohida yaratish
Natijani bir necha formatda olish


Penya va jarima hisoboti
Kechiktirilgan to'lovlar bo'yicha aniq nazorat
Tizim kechiktirilgan to'lovlar uchun hisoblangan penya va jarima summasini abonentlar kesimida hisoblab beradi. Filial, sana va qarzdorlik oralig'i bo'yicha filtrlab, hisoblagichi bor yoki yo'q abonentlarni alohida ko'rish mumkin.
Penya va jarima summasini hisoblash
Sana oralig'i bo'yicha filtr
Filial va mahalla bo'yicha saralash
Hisoblagichi bor yoki yo'q abonentlar
Bir tugma bilan hisobotni shakllantirish
O'zgarishlarni solishtiring


Before
After
Vizual izlanishlar
WaterControl