Dr.AVIS

Dr.AVIS — shifoxonalar uchun yaratilgan yagona raqamli boshqaruv tizimi. Bemorlar qabuli, tashriflar, tibbiy yozuvlar, palatalar va to'lovlar bitta platformada birlashtiriladi.

Dr.AVIS

Mijoz

Dr.AVIS

Davomiyligi

6 oy

Platforma

Web platforma

UMUMIY MA'LUMOT

Dr.AVIS O'zbekiston tibbiyot markazi uchun to'liq ishlab chiqilgan shifoxona boshqaruv tizimi. Dizayn va ishlab chiqish Intellekt Servis jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Platforma bemorni qabulxonada ro'yxatga olishdan tortib shifokor tashrifi, tibbiy yozuvlar, statsionar palatalar va kassadagi to'lovgacha bo'lgan butun jarayonni yagona tizimda jamlaydi. Qabulxona, CRM, shifokorlar, tibbiyot va moliya bo'limlari bir muhitda ishlaydi, rahbariyat esa barcha ko'rsatkichlarni bitta boshqaruv panelidan real vaqtda kuzatadi.

50K+

Qabul qilingan bemor

40+

Malakali mutaxassis

99.9%

Tizim ishlash vaqti

500+

Statsionar koyka o'rni

MAQSADLAR

Nimaga erishmoqchi edik

Bemorlarni qabul qilish va navbat jarayonini to'liq raqamlashtirish

Qabulxona, shifokor va kassa o'rtasidagi ma'lumot oqimini birlashtirish

Har bir bemorning tashrif tarixini yagona elektron kartada saqlash

Palata va koykalar bandligini real vaqtda nazorat qilish

To'lovlar, qarzdorlik va moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtirish

Rahbariyat uchun kunlik statistikani bitta panelda jamlash

MUAMMO

Ilgari shifoxonada bemorlar qabuli, tashrif tarixi va to'lovlar asosan qog'ozda yoki alohida daftar va jadvallarda yuritilardi. Bemorning oldingi tashriflarini topish qiyin, navbatlar chalkash, kassadagi hisob-kitob esa tibbiy yozuvlar bilan bog'lanmagan edi. Palata va koykalar bandligi qo'lda hisoblanar, rahbariyatda esa shifoxonaning kunlik holati haqida yagona va aniq manzara yo'q edi. Bu xatoliklar, kechikishlar hamda yo'qotilgan tushumga olib kelardi.

YECHIM

Intellekt Servis jamoasi shifoxonaning barcha ish jarayonlarini chuqur o'rganib, ularni yagona raqamli platformaga birlashtirdi. Endi bemor qabulxonada ro'yxatga olinishi bilan uning ma'lumotlari, tashriflari va tibbiy yozuvlari bitta kartada jamlanadi. Har bir xizmat kassaga avtomatik uzatiladi, to'lovlar va qarzdorlik real vaqtda kuzatiladi. Palatalar bandligi, shifokorlar jadvali va moliyaviy ko'rsatkichlar bir tizimda boshqariladi rahbariyat esa umumiy manzarani bitta paneldan ko'radi.

JARAYON

Loyihani qanday yetkazdik

IMKONIYATLAR

Asosiy imkoniyatlar

01

Boshqaruv paneli

Shifoxona holatini bitta ekranda kuzating

Bosh sahifada shifoxonaning barcha asosiy ko'rsatkichlari jamlangan — jami bemorlar, faol shifokorlar, bugungi yozuvlar, tushum, qarzdorlik va bo'sh koykalar soni real vaqtda ko'rinadi. Rahbar bir qarashda umumiy manzarani baholaydi.

Jami bemor, shifokor va yozuvlar soni bir joyda

Bugungi va oylik tushum real vaqtda

To'lanmagan hisoblar va qarzdorlar ro'yxati

Statsionar va bo'sh koykalar holati

Tez amallar: yangi bemor, yozuv va hisob

Boshqaruv paneli
02
Qabulxona va ro'yxatga olish

Qabulxona va ro'yxatga olish

Bemorni bir daqiqada ro'yxatga oling

Qabulxona xodimi bemorni ism yoki telefon orqali qidiradi yoki yangi bemorni bir necha maydonni to'ldirib ro'yxatga oladi. Familiya, ism, telefon, tug'ilgan sana va jinsi kiritilgach, bemor tizimga qo'shiladi va bugungi tashriflar ro'yxatida paydo bo'ladi.

Bemorni FIO yoki telefon orqali tezkor qidirish

Yangi bemorni bir necha qadamda ro'yxatga olish

Majburiy maydonlar va xatolik nazorati

Bugungi tashriflarni alohida panelda ko'rish

Qabuldan to'g'ridan-to'g'ri tashrif ochish

03

Bemorlar bazasi

Barcha bemorlar yagona ma'lumotlar bazasida

Barcha bemorlar ID, FIO, tug'ilgan sana, telefon va ro'yxatdan o'tgan sanasi bilan jadval ko'rinishida saqlanadi. FIO yoki telefon bo'yicha qidirish, har bir bemorni ko'rish yoki tahrirlash hamda chegirma belgilash imkoni mavjud.

Har bir bemor uchun to'liq profil va tarix

FIO va telefon bo'yicha tezkor qidiruv

Bemor chegirmasini alohida belgilash

Ma'lumotlarni ko'rish va tahrirlash

Ro'yxatdan o'tgan sana bo'yicha saralash

Bemorlar bazasi
04
CRM va aloqa tarixi

CRM va aloqa tarixi

Bemor bilan har bir muloqotni qayd eting

CRM moduli bemor bilan bo'lgan qo'ng'iroq va muloqotlarni bir joyda saqlaydi. Har bir muloqot turi, yo'nalishi, mavzusi va izohi kiritiladi, keyingi harakat sanasi belgilanadi — shu bilan hech bir bemor e'tibordan chetda qolmaydi.

Qo'ng'iroq va muloqotlarni qayd etish

Muloqot turi va yo'nalishini belgilash

Mavzu va batafsil izoh qo'shish

Keyingi harakat sanasini rejalashtirish

Bemor bo'yicha to'liq aloqa tarixi

05

Shifokorlar boshqaruvi

Shifokorlar va mutaxassisliklarni boshqaring

Admin barcha shifokorlarni ro'yxatda ko'radi — FIO, akkaunt, mutaxassislik, malaka darajasi, xona va telefon bilan. Yangi shifokor qo'shish, ma'lumotlarni tahrirlash va har bir shifokorga alohida rol berish imkoni mavjud.

Barcha shifokorlar bitta ro'yxatda

Mutaxassislik va malaka darajasi

Yangi shifokor qo'shish va tahrirlash

Har bir shifokorga akkaunt va rol

Xona va bog'lanish ma'lumotlari

Shifokorlar boshqaruvi
06
Tibbiy yozuvlar

Tibbiy yozuvlar

Har bir tashrifning tibbiy yozuvi saqlanadi

Tibbiy yozuvlar moduli har bir bemor tashrifini sana oralig'i bo'yicha ko'rsatadi. Tanlangan davr uchun yozuvlar soni va umumiy tushum jamlanadi, har bir yozuvni ochib ko'rish hamda yangi tibbiy yozuv qo'shish mumkin.

Sana oralig'i bo'yicha yozuvlarni filtrlash

Davr bo'yicha yozuv soni va tushum

Bugun, hafta va oy bo'yicha tezkor filtr

Bemorga yangi tibbiy yozuv qo'shish

Bemor bo'yicha yozuvlarni qidirish

07

Tashrif kartalari

Har bir tashrif alohida kartada boshqariladi

Har bir bemor tashrifi noyob raqam bilan alohida karta sifatida saqlanadi. Karta bemor, telefon, sana-vaqt va holat bilan ko'rsatiladi; bir tugma bilan tashrif kartasi ochilib, tayinlangan xizmatlar va holati ko'riladi.

Har bir tashrif uchun noyob raqam

Bemor, sana va holat bir qatorda

Faol tashriflarni ajratib ko'rsatish

Bir tugma bilan tashrif kartasini ochish

Bemor bo'yicha tashriflarni qidirish

Tashrif kartalari
08
Palata va koykalar

Palata va koykalar

Statsionar koykalar bandligini nazorat qiling

Palatalar moduli statsionar bo'limdagi barcha palatalarni jami, bo'sh va band koykalar soni bilan ko'rsatadi. Har bir palata bo'lim, qavat, tur va sutkalik narxi bilan boshqariladi; yangi palata qo'shish va koykalarni tahrirlash mumkin.

Jami, bo'sh va band koykalar soni

Palata bo'lim, qavat va turi bilan

Har bir palata uchun sutkalik narx

Yangi palata va koyka qo'shish

Koykalar bandligini real vaqtda ko'rish

09

Kassa va to'lovlar

To'lovlarni tez va xatosiz qabul qiling

Kassa moduli to'lov kutayotgan bemorlarni tayinlangan xizmatlari va narxlari bilan ko'rsatadi. Har bir bemor uchun umumiy to'lov summasi hisoblanadi, kassir bir tugma bilan to'lovni qabul qiladi va tizim hisobni yopadi.

To'lov kutayotgan bemorlar ro'yxati

Xizmatlar va narxlar bo'yicha hisob

Umumiy to'lov summasi avtomatik

Bir tugma bilan to'lovni qabul qilish

Shifokor va tashrif raqami bilan bog'lash

Kassa va to'lovlar
OLDIN / KEYIN

O'zgarishlarni solishtiring

KeyinOldin

Before

After

GALEREYA

Vizual izlanishlar

Dr.AVIS