Dasturxon
Restoran uchun yaratilgan to'liq raqamli boshqaruv tizimi — stol holati, buyurtma, menyu, omborxona va hisobot bitta platformada.

Mijoz
Ichki startap loyiha
Davomiyligi
4 oy
Platforma
Web
Dasturxon — restoran biznesini to'liq raqamlashtirish uchun yaratilgan kompleks boshqaruv tizimi. Ofitsiant stolga buyurtma qabul qilgan zahoti oshxona va bar ekranida ko'rinadi, hisob avtomatik shakllanadi, mahsulotlar ombordan ayiriladi. Menyu, taom turlari, xodimlar va stollar admin panelidan boshqariladi. Kunlik, haftalik va oylik savdo hisobotlari, eng ko'p sotilgan taomlar statistikasi — barchasi real vaqtda, bitta platformada.
500+
Kunlik buyurtma
12+
Boshqaruv moduli
98%
Tizim ishlash barqarorligi
3x
Xizmat tezligi oshishi
Nimaga erishmoqchi edik
Qog'oz asosidagi buyurtma jarayonini to'liq raqamlashtirish
Oshxona va ofitsiant orasidagi aloqani avtomatlashtirish
Menyu va taomlarni soliq tizimi bilan integratsiya qilish
Mahsulotlar ombori va sarfini real vaqtda kuzatish
Savdo statistikasi va hisobotlarni avtomatik shakllantirish
Admin panelidan barcha jarayonlarni markazlashgan boshqarish
Ko'pgina restoranlar buyurtmalarni qog'ozda yoki og'zaki qabul qilardi — bu xatolik, kechikish va chalkashliklarni muqarrar qilardi. Ofitsiant buyurtmani oshxonaga yetkazguncha taom sovib qolishi yoki buyurtma umuman yo'qolishi mumkin edi. Mahsulotlar sarfi qo'lda hisoblanar, omborxona nazorati deyarli yo'q edi. Hisob-kitob vaqtida esa kassa va soliq tizimi o'rtasida to'liq uzilish bor edi.
Dasturxon barcha jarayonlarni yagona raqamli platformaga birlashtirdi. Ofitsiant buyurtmani qabul qilishi bilanoq oshxona va bar ekranida ko'rinadi — aloqa avtomatik. Har bir taom MXIK kodi va shtrix kodi orqali soliq tizimiga ulangan, markirovka majburiy taomlar avtomatik ajratiladi. Mahsulotlar har bir buyurtmadan so'ng ombordan avtomatik ayiriladi, qoldiq real vaqtda ko'rinadi. Admin esa barcha stol, xodim, menyu va hisobotlarni bitta paneldan nazorat qiladi.
Loyihani qanday yetkazdik
Asosiy imkoniyatlar
Stol holati va boshqaruvi
Har bir stolni real vaqtda kuzating va boshqaring
Bosh sahifada restoranning barcha stollari bir ko'rinishda aks etadi. Yashil — bo'sh, qizil — band. Ofitsiant bir tapda stolni tanlab, buyurtma qabul qilishni boshlaydi. Stol va dastavka rejimlari alohida tugmalar orqali tezkor almashtiriladi.
Barcha stollar real vaqtda rangli holat bilan
Band va bo'sh stollarni bir zumda ajratish
Stol va dastavka rejimlari orasida tezkor o'tish
Printer va servis holati doim ko'rinadi
Admin panelidan to'liq nazorat


Buyurtma tafsilotlari
Har bir stolning to'liq buyurtma tarixi bir joyda
Tanlangan stolning barcha buyurtmalari jadval ko'rinishida aks etadi — taom nomi, vaqti, ofitsiant, miqdori va summasi bilan. Markirovka majburiy taomlar sariq bilan ajralib turadi, har bir qatorni batafsil ko'rish imkoni mavjud.
Taom nomi, vaqt, ofitsiant va summa bir jadvalda
Markirovka majburiy taomlar avtomatik ajratiladi
Har bir buyurtmani batafsil ko'rish
Umumiy summa va stol usluvi pastda
Stolni o'zgartirish va qaytarish imkoni
Menyu va buyurtma boshqaruvi
Taomlarni kategoriya bo'yicha tezkor buyurtma qilish
Ofitsiant stol uchun kategoriyalar bo'yicha (ovqatlar, ichimliklar, desert, mangal, bar) taomlarni tanlaydi. Har bir taom narxi, miqdori, MXIK kodi va markirovka holati bilan ko'rsatiladi. Buyurtma bir tugma bilan tez va qulay qabul qilinadi.
Kategoriyalar bo'yicha tezkor navigatsiya
Markirovka majburiy taomlar avtomatik ajratiladi
Taom narxi va miqdori bir sahifada
Buyurtmani bir tugma bilan qabul qilish
Stol va dastavka rejimini tezkor almashtirish


Menyu katalogi
Barcha taomlarni boshqaring va yangilab turing
Admin barcha taomlarni ro'yxatda ko'radi — rasm, narx, MXIK va shtrix kodi bilan. Har bir taomni start/stop qilish, tahrirlash yoki o'chirish mumkin. Yangi taom qo'shish bir tugma bilan amalga oshiriladi.
Barcha taomlar rasm va narx bilan ro'yxatda
Taomni faollashtirish va to'xtatish imkoni
MXIK va shtrix kodi bilan integratsiya
Tezkor tahrirlash va o'chirish
Yangi taom qo'shish bir tugmada
Taom ma'lumotlari bazasi
Har bir taomning to'liq ma'lumotlari bir joyda
Har bir taom uchun rasm, MXIK kodi, o'lchov birligi, taom birligi miqdori, markirovka holati va izoh saqlanadi. Ma'lumotlar soliq tizimi bilan integratsiyalashgan, rasm yuklash va tahrirlash imkoni mavjud.
MXIK va shtrix kodi bilan soliq integratsiyasi
Taom rasmi yuklash va yangilash
O'lchov birligi va miqdorini boshqarish
Markirovka holati avtomatik belgilanadi
Izoh va qo'shimcha ma'lumot kiritish


Taom turlari
Menyuni kategoriyalarga ajratib boshqaring
Admin taom turlarini (ovqatlar, ichimliklar, desert, mangal, bar) yaratadi va boshqaradi. Har bir tur holati ko'rsatiladi, tahrirlash va o'chirish imkoni mavjud. Yangi tur bir tugma bilan qo'shiladi.
Taom turlarini yaratish va boshqarish
Har bir turning faollik holati ko'rinadi
Tezkor tahrirlash va o'chirish
Yangi kategoriya qo'shish bir tugmada
Kategoriyalar menyuda avtomatik ko'rsatiladi
Stollar boshqaruvi
Har bir stolni ofitsiant va xizmat foizi bilan sozlang
Admin barcha stollarni ro'yxatda ko'radi — biriktirilgan ofitsiant, xizmat foizi va holati bilan. Stol qo'shish, tahrirlash va o'chirish to'liq admin nazoratida. Band va bo'sh stollar rangi bilan ajralib turadi.
Stolga ofitsiant biriktirish imkoni
Xizmat foizini har bir stol uchun alohida sozlash
Band va bo'sh holat real vaqtda ko'rinadi
Stolni qo'shish, tahrirlash va o'chirish
Barcha stollar bir ro'yxatda nazorat qilinadi


Mahsulotlar ombori
Xom ashyo va ingredientlarni real vaqtda kuzating
Oshxona uchun kerak bo'lgan barcha mahsulotlar — go'sht, sabzavot, sut va boshqalar — o'lchov birligi va qoldiq miqdori bilan ro'yxatda ko'rsatiladi. Kirim va chiqimni tezkor qayd etish, mahsulotni ko'rish va tahrirlash imkoni mavjud.
Barcha mahsulotlar qoldiq miqdori bilan
Kirim va chiqimni tezkor qayd etish
O'lchov birligi (kg, litr) bilan boshqarish
Mahsulot ma'lumotlarini tahrirlash
Omborni real vaqtda nazorat qilish
Statistika va hisobot
Sana bo'yicha eng ko'p sotilgan taomlarni tahlil qiling
Admin sana oralig'ini belgilab, eng ko'p buyurtma qilingan taomlar ro'yxatini ko'radi. Har bir taom uchun menyu nomi, taom nomi va umumiy soni ko'rsatiladi. Ma'lumotlar taom nomi bo'yicha qidirish imkoni bilan to'ldirilgan.
Sana oralig'i bo'yicha filtr
Eng ko'p sotilgan taomlar reytingi
Menyu va taom nomi bo'yicha qidirish
Har bir taomning umumiy soni ko'rsatiladi
Biznes qarorlar uchun aniq ma'lumot

O‘zgarishlarni solishtiring


Before
After
Vizual izlanishlar
Dasturxon