Avtosoft24

Avtosoft24 — respublika miqyosidagi jarima maydonlari va avtoturargohlarni yagona monitoring markazida boshqarish tizimi. Transport kuzatuvi, jonli ANPR kameralar va to'lovlar bitta panelda birlashtirilgan.

Avtosoft24

Mijoz

Avtosoft24

Davomiyligi

4 oy

Platforma

Web platforma

UMUMIY MA'LUMOT

Avtosoft24 respublika bo'ylab jarima maydonlari va avtoturargohlarni boshqarish uchun yaratilgan admin ERP tizimi. Tizim YPX, MIB, bank va litsenziya tashkilotlari kabi turli tashkilotlar orqali kirgan transport vositalarini turi va egasi bo'yicha kuzatadi, har bir maydondagi ANPR kameralarni yagona monitoring markazida birlashtiradi. Kirim-chiqim avtomatik qayd etiladi, to'lovlar naqd, karta yoki aralash usulda qabul qilinadi, respublika, viloyat va tuman kesimidagi hisobotlar esa bir necha soniyada shakllantiriladi.

7533

Ro'yxatga olingan transport soni

59

Respublikadagi jarima maydonlari

153

Nazoratdagi ANPR kameralari

108

Markazlashgan boshqariladigan qurilma

MAQSADLAR

Nimaga erishmoqchi edik

Jarima maydonlariga kirim-chiqimni to'liq raqamlashtirish

Transportni tashkilot va turi bo'yicha aniq kuzatish

Respublikadagi barcha jarima maydonlarini yagona markazda nazorat qilish

ANPR kameralar orqali kirish-chiqishni avtomatik aniqlash

To'lovlarni naqd, karta va aralash turlarda tizimli hisoblash

Qurilmalar holatini realtime kuzatib, uzilishlarni oldini olish

MUAMMO

Ilgari har bir jarima maydoni transport kirim-chiqimini alohida qog'oz jurnalga yozib borar, ANPR kameralar orqali kelgan tasvirlarni ko'rish uchun operator alohida dasturga o'tishga majbur edi. Respublika miqyosida yagona monitoring markazi bo'lmagani sabab rahbariyat qaysi maydonda necha transport turganini faqat tashkilotlardan so'rab bilardi. To'lovlar asosan naqd qabul qilinar, tuman va viloyat kesimida hisobot tayyorlash uchun barcha maydonlarning jurnallarini qo'lda solishtirishga to'g'ri kelardi.

YECHIM

Avtosoft24 respublikadagi barcha jarima maydonlarini va ularning ANPR kameralarini yagona monitoring markazida birlashtirdi. Endi har bir transportning kirim-chiqimi tashkilot va turi bo'yicha avtomatik qayd etiladi, jonli kamera oqimlari bitta oynada kuzatiladi. To'lovlar naqd, karta yoki aralash usulda tizim orqali qabul qilinadi, respublika, viloyat va tuman darajasidagi hisobotlar esa Excel yoki PDF ko'rinishida bir necha soniyada yuklab olinadi.

JARAYON

Loyihani qanday yetkazdik

IMKONIYATLAR

Asosiy imkoniyatlar

01

Boshqaruv paneli

Kunlik holatni bitta ekranda kuzating

Bosh sahifada tashkilot bo'yicha kirgan-chiqqan va ichkaridagi transport soni, umumiy pul hisobi, to'lov turlari va mashina turlari statistikasi hamda jonli kamera oqimlari bir vaqtning o'zida ko'rinadi.

Tashkilot bo'yicha kirish-chiqish-ichkarida statistikasi

Umumiy pul hisobi va oy boshidan tushum

To'lov turlari bo'yicha taqsimot diagrammasi

Mashina turlari bo'yicha sonlar va grafiklar

Jonli kameralar bosh sahifada ko'rinadi

Boshqaruv paneli
02
Monitoring markazi

Monitoring markazi

Respublika darajasida real vaqt nazorati

Bo'lim respublika bo'yicha jami jarima maydonlari, hozir maydondagi, bugun kirgan va chiqqan transport sonini ko'rsatadi. Tashkilotlar va tumanlar kesimida alohida monitoring jadvallari, Excel eksport tugmasi bilan taqdim etiladi.

Respublika bo'yicha umumiy statistika kartalari

Tashkilotlar bo'yicha kirish-chiqish monitoringi

Tumanlar kesimida batafsil statistika jadvali

Davr bo'yicha filtr va Excel hisobot yuklash

Har bir tashkilotning tushum ko'rsatkichlari

03

Yig'ma hisobotlar

Barcha jarima maydonlarini bir hisobotda ko'ring

Modul tanlangan davr bo'yicha jami kirgan, chiqqan va ichkaridagi transport sonini, tashkilotlar bo'yicha ulushini va har bir jarima maydoni kesimidagi natijalarni jadvalda chiqaradi. Hisobot Excel yoki PDF formatida yuklab olinadi.

Davr bo'yicha kirish-chiqish-ichkarida sonlari

Tashkilotlar bo'yicha ulush foizi jadvali

Har bir jarima maydoni kesimida natijalar

Excel va PDF formatida hisobot yuklash

Qurilmalar holati alohida panelda ko'rinadi

Yig'ma hisobotlar
04
Hududiy ma'lumotnoma

Hududiy ma'lumotnoma

Viloyat va tumanlarni markazdan boshqaring

Bo'lim mamlakatning barcha viloyatlari va Toshkent shahrini o'zbek, rus va ingliz nomlari, tumanlar, tashkilotlar hamda ob'ektlar soni bilan jadvalda ko'rsatadi. Har bir hudud holatini yoqish, tahrirlash yoki o'chirish shu yerdan amalga oshiriladi.

Barcha viloyatlar uch tilda bir ro'yxatda

Har bir hudud uchun tuman va tashkilot soni

Hudud holatini aktiv yoki nofaol qilish

Yangi viloyat qo'shish bir tugma bilan

Qidiruv orqali tezkor hudud topish

05

Tashkilotlar boshqaruvi

Har bir tashkilotni qarzdorlik bilan kuzating

Bo'lim barcha hamkor tashkilotlarni viloyat, tuman, telefon, NDS foizi, holati va qarzdorlik belgisi bilan jadvalda saqlaydi. Nomi yoki INN bo'yicha qidiruv, turi bo'yicha filtr hamda yangi tashkilot qo'shish imkoni mavjud.

Nomi yoki INN bo'yicha tezkor qidiruv

Viloyat, tuman va telefon raqami bir qatorda

Qarzdorlik holati alohida belgi bilan

Tashkilotni yopish yoki faollashtirish

Yangi tashkilot qo'shish bir tugmada

Tashkilotlar boshqaruvi
06
Avtomashinalar kuzatuvi

Avtomashinalar kuzatuvi

Har bir transportning holatini biling

Modul jami mashinalar, avtoturargohdagi, avtoturargohda bo'lmagan va evakuator bilan olib ketilgan transport sonini kartalarda ko'rsatadi. Har bir mashina turi, kirish-chiqish vaqti, to'lov va evakuator holati bilan jadvalda kuzatiladi.

Jami va avtoturargohdagi mashinalar soni

Kirish va chiqish vaqti bo'yicha jadval

To'langanligi va evakuator holati ustunlari

Tashkilot, turi va sana bo'yicha filtr

Ro'yxatni Excel formatida yuklab olish

07

ANPR kamera tarixi

Har bir davlat raqamini avtomatik aniqlang

Bo'lim tanlangan jarima maydoni bo'yicha kamera aniqlagan har bir transportni rasmi, vaqti, yo'nalishi, davlat raqami va aniqlik foizi bilan jadvalda saqlaydi. Sana oralig'i va davlat raqami bo'yicha qidiruv mavjud.

Har bir o'tish rasmi bilan qayd etiladi

Kirish va chiqish yo'nalishi ajratiladi

Davlat raqami avtomatik o'qib olinadi

Aniqlik foizi har bir yozuvda ko'rinadi

Sana oralig'i va raqam bo'yicha qidiruv

ANPR kamera tarixi
08
Foydalanuvchilar va rollar

Foydalanuvchilar va rollar

Kirish huquqlarini rol bo'yicha cheklang

Bo'lim barcha xodimlarni login, F.I.O, tashkilot, rol va email bilan jadvalda saqlaydi. Super admin, viloyat va tuman administratori kabi rollar orqali har bir foydalanuvchining ko'rish va boshqarish huquqi aniq belgilanadi.

Rol, tashkilot va viloyat bo'yicha filtr

Super admin, viloyat va tuman rollari

Har bir foydalanuvchi uchun parol boshqaruvi

Yangi foydalanuvchi qo'shish va Excel eksport

Login yoki F.I.O bo'yicha tezkor qidiruv

09

Qurilmalar monitoringi

Barcha kamera va shlagbaumlarni nazorat qiling

Bo'lim ANPR kamera, shlagbaum, printer va boshqa qurilmalarning onlayn yoki oflayn holatini realtime ko'rsatadi. Qurilma turi va tuman kesimida ishlash foizi hisoblanadi, so'nggi 24 soatdagi buyruqlar tarixi ham saqlanadi.

Onlayn va oflayn qurilmalar soni realtime

Qurilma turi bo'yicha ishlash foizi

Tuman kesimida qurilmalar holati jadvali

So'nggi 24 soatlik buyruqlar tarixi

Yangi qurilma qo'shish va stale tekshiruv

Qurilmalar monitoringi
OLDIN / KEYIN

O'zgarishlarni solishtiring

KeyinOldin

Before

After

GALEREYA

Vizual izlanishlar

Avtosoft24