AI CALL-MARKAZ

Har bir qo'ng'iroqda
biznesingizga e'tibor

Mijozni tinglaydigan, savollariga javob beradigan va murojaatni kerakli tizimga yetkazadigan ovozli AI yordamchi. Sizning raqamingiz, sizning biznes qoidalaringiz.

Kiruvchi qo'ng'iroq

Sizning raqamingiz

CRM

Murojaat qayd etildi

Assalomu alaykum! Men AI yordamchiman. Sizga qanday yordam bera olaman?

  • 24/7 uchun sozlanadi

    Qo'ng'iroqlarni tunu kun qabul qilishga moslanadi.

  • O'zbek va rus tillari

    Mijozlar bilan o'zbek va rus tillarida tabiiy suhbatlashadi.

  • CRM integratsiyasi

    Murojaatlarni CRM'ga avtomatik uzatadi.

  • Operatorga ulash

    Zarur holatda suhbatni operatorga yo'naltiradi.

IMKONIYATLAR

Qo'ng'iroqdan natijagacha

Mijoz ovozi
AI
Tabiiy javob

Tinglaydi. Tushunadi. Javob beradi

Mijoz raqamingizga qo'ng'iroq qiladi va ovozli AI bilan suhbatlashadi. Yordamchi murojaatni aniqlashtiradi, tasdiqlangan ma'lumotlar asosida javob beradi va kerakli ma'lumotlarni yig'adi.

Meni operator bilan bog'lay olasizmi?
Suhbat operatorga uzatiladi

Kerak paytda — inson operatori

Mijoz so'raganda yoki masala AI vakolatidan tashqarida bo'lsa, suhbat operatorga uzatiladi. Yig'ilgan ma'lumotlar xodimga davom ettirishga yordam beradi.

Kompaniya bilimlar bazasi
Xizmatlar va narxlar
Ish vaqti va filiallar
Biznes qoidalari

Biznesingiz ma'lumotlariga tayanadi

Xizmatlar, ish vaqti, narxlar va yo'riqnomalar bazaga kiritilib, javobsiz holatlar xodimga uzatiladi.

CRMAPISIPERP

Mavjud tizimlaringizga ulanadi

CRM, buyurtma va qabul jarayonlari mavjud API hamda telefoniya orqali birlashtiriladi.

Suhbat xulosasi
MurojaatKeyingi qadam
Jamoa davom ettirishi uchun

Suhbat tugaydi. Ma'lumot qoladi

Murojaat, suhbat xulosasi va vazifalar saqlanib, jamoaga kuzatuv hamda tahlil imkonini beradi.

SUHBAT NAMUNASI

Turli sohalar uchun AI

QANDAY ISHLAYDI

Jarayon uch qadamda

  1. BOSQICH01

    Mijoz qo'ng'iroq qiladi

    Mavjud raqamingizga kelgan qo'ng'iroq AI yordamchiga yo'naltiriladi.

  2. BOSQICH02

    AI suhbatlashadi

    Murojaatni tushunib, kompaniyangiz ma'lumotlari asosida javob beradi.

  3. BOSQICH03

    Natija tizimga uzatiladi

    Murojaat qayd etilib, zarur holatda operatorga uzatiladi.

LOYIHA TARKIBI

Boshlash uchun nima kerak?

Sizdan kerak bo'ladi

Biznesingiz va mavjud infratuzilmani tushunish uchun boshlang'ich ma'lumotlar.

  • Qo'ng'iroqlar hajmi va ish rejimi

  • Ko'p so'raladigan savollar va tasdiqlangan javoblar

  • Telefoniya provayderi va raqam haqida ma'lumot

  • CRM yoki boshqa tizimlarning ulanish imkoniyatlari

Yechim tarkibiga kiradi

Kelishilgan vazifalar asosida ishga tayyorlanadigan individual AI yechim.

  • Biznesingizga mos suhbat ssenariylari

  • Kelishilgan telefoniya va CRM integratsiyalari

  • Operatorga o'tkazish va xatolik holatlari qoidalari

  • Pilot sinov, jamoa uchun yo'riqnoma va ishga tushirish

Sizning call-markazingiz qanday ishlashi kerak?

Raqamingiz, ko'p takrorlanadigan savollar va mavjud tizimlaringiz haqida ayting. Biz avtomatlashtirishga mos jarayonlarni birga aniqlaymiz.

Bog'lanish